Biz haqimizda

Hurmatli xonimlar va janoblar, aziz do'stlar!

 

"DD General Insurance" sug`urta tashkiloti nomidan sizga o'z hurmatimni bildiraman va sizning ruxsatingiz bilan tashkilotimiz haqida ma'lumot taqdim etaman.

 


"DD General Insurance" aksiadorlik jamiyati sug`urta tashkiloti O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 13 ta ixtiyoriy sug'urta klasslari bo'yicha faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega va 2011 yildan boshlab O'zbekiston sug'urta bozorida jadal rivojlanayotgan moliyaviy tashkilot hisoblanadi. "Dori-Darmon " aksiyadorlik kompaniyasi yagona ta'sischi hisoblanadi.

 

"DD General Insurance" AJ sug`urta tashkilotining barqaror rivojlanishiga asosiy ta'sir tashkilot xodimlarining yuksak professionalligi va malakasi, qo'yilgan vazifalarni hal etishda tezkorlik, har bir mijozga individual yondashuv, barcha xodimlarning tashabbuskorligi va mas'uliyati hisoblanadi.

 

Hozirgi vaqtda "DD General Insurance" filiallari O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida mavjud bo'lib, 21 ta filial va 6 ta bo'lim mavjud. Do'stona tashkilotimizning xodimlari litsenziyada e'lon qilingan barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta tariflari va chegirmalari moslashuvchan tizimini taqdim etgan holda dasturlarni ishlab chiqish va ishonchli sug'urta qoplamalarini taqdim etishda katta tajribaga ega bo'lib, ular eng talabchan sug'urta qildiruvchining talablarini qondira oladi, shuningdek hamkorlikning barcha bosqichlarida o'z majburiyatlarini mukammal bajarishini ta'minlaydi.

 

 

Bizning tashkiloti farovonligi uchun eng yuqori ne'mat – minglab mamnun mijozlarmiz. Bizning professional jamoamiz sizni hamkorlarimiz va do'stlarimiz sifatida ko'rishdan xursand bo'ladi!

 

 

Ko'p yillik va samarali hamkorlikka hurmat va umid bilan,

Bahodir Ubaydullayev

 

 

.

Бизнинг лицензияларимиз